Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

MIB bazasidagi ma’lumot xato chiqdi

A A A
MIB bazasidagi ma’lumot xato chiqdi

Payariq tumanining “Gulzor” MFYda yashovchi M.Jo‘raqulova kommunal to‘lovlarni muntazam oyma-oy to‘lab borishga harakat qilardi. Biroq...

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari bu gal uning xonadoni elektr energiyasidan 7397564,90 (etti million uch yuz to‘qson yetti ming so‘mdan ziyodroq) so‘m qarzdor ekanini aytishganda va bu qarz zudlik bilan to‘lanmasa, chora ko‘rilishi haqida ogohlantirishganda, dastlab nima qilishini bilmay qoldi. Yaqinlarining maslahati bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Ushbu murojaat viloyat hududiy birlashmasining Payariq tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. Qayta xatlov o‘tkazilganda, Payariq tuman ETKA bazasi bo‘yicha, ushbu xonadonda qarzdorlik mavjud emasligi, aksincha 232 751 (ikki yuz o‘ttiz ikki mingdan ziyod) so‘m ortiqcha to‘lovi borligi aniqlandi.

Yuklangan qarzdorlik bekor qilinib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
 

Gulchehra Berdiyorova

Manba: uza.uz

 

 
 
Kiritildi: 00:01 05.10.2018. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik