Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Metro bekatlaridagi elektron panduslar hali to‘liq sozlanmagan

Metro bekatlaridagi elektron panduslar hali to‘liq sozlanmagan

“Toshkent metropoliteni” DUK ijtimoiy tarmoqlarda metroga kirish-chiqishdagi qurilma ishlamayotgani haqidagi xabarlarga shunday munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, panduslar poytaxt hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Texnopark” MCHJ tomonidan o‘rnatilmoqda.

“Panduslarni imkon qadar tez va sifatli tarzda o‘rnatish hamda foydalanishga topshirish yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan bir necha bor tegishli tashkilotlarga rasmiy murojaatlar va xatlar yuborilgan”, deyiladi munosabatda.

Kiritildi: Bugun 09:21. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!