Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Meta va Google O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar bo‘ldi

Meta va Google O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar bo‘ldi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2023 yilda 69,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning modavriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Eng ko‘p soliq Meta korporasiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) tomonidan to‘langan – 26,4 milliard so‘m.

Qayd qilinishicha, to‘langan soliqlarning 96,7 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

- Meta — 26,4 milliard so‘m;

- Google — 20,3 milliard so‘m;

- Apple — 12,9 milliard so‘m;

- Amazon — 2,2 milliard so‘m;

- Booking — 1,6 milliard so‘m;

- Netflix — 1,2 milliard so‘m;

- Xsolla — 816,1 million so‘m;

- Zoom — 763,3 million so‘m;

- Yandex — 690,4 million so‘m;

- Adobe Systems — 436,9 million so‘m.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Kiritildi: 23:37 26.02.2024. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!