Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messining dubli "Inter Mayami"ga Ligalar kubogi yarim finalida "Orlando Siti" ustidan g‘alaba keltirdi

Messining dubli "Inter Mayami"ga Ligalar kubogi yarim finalida "Orlando Siti" ustidan g‘alaba keltirdi

"Inter Mayami" Ligalar kubogi 1/2 finalida "Orlando Siti" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda "Orlando Siti" birinchi bo‘lim so‘ngida Mario Pashalichning goli evaziga hisobni ochdi. Uchrashuvning 77-daqiqasida Lionel Messi himoyachi David Brekaloning chetlatilishidan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Uchrashuv yakunida Messi Jordi Albaning uzatmasidan so‘ng dublga erishgan bo‘lsa, Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng Telasko Segoviya gol urdi.

Finalda "Inter Mayami" "Los-Anjeles Gelaksi" - "Sietl" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 09:26 28.08.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!