Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi va Ronalduning darajasi tengligi aytildi

A A A
Messi va Ronalduning darajasi tengligi aytildi

“Yuventus” klubi va Argentina terma jamoasi hujumkor futbolchisi Paulo Dibala ikki buyuk futbolchi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
U klubdagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va terma jamoadagi sherigi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
“Men Messi va Ronaldudan biror narsa o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchiman. Ularning orasida farq ko‘rmayapman, har ikkalasi ham ajoyib futbolchi.
 
Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarda to‘xtovsiz ishlaydi, u g‘alabaga juda chanqoq. Albatta bunday futbolchining jamoada borligi natijasida, boshqalar kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Ammo muhimi - jamoaning g‘alabasidir”, deb Dibala so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
 
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi aksariyat o‘yinlarni hujum chizig‘idagi kuchli raqobat sababli o‘tkazib yubormoqda.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 05:32 30.09.2018. O'qildi: 1674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik