Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi va Ronaldu yana bir maydonda uchrashishi mumkin

Messi va Ronaldu yana bir maydonda uchrashishi mumkin

20 dekabr kuni Argentinada jahon futboli yulduzlari ishtirokida o‘ziga xos uchrashuv bo‘lib o‘tadi. «Boka Xuniors»ning «La Bombonera» stadionida Karlos Tevesning futbolchilik faoliyatiga bag‘ishlangan xayrlashuv bahsi tashkil etiladi.

Mazkur o‘yinning asosiy ishtirokchilaridan biri Lionel Messi bo‘ladi. «Inter Mayami» hujumchisining maydonga tushishi 26 noyabr kuni rasman tasdiqlandi.

Messi va Teves Argentina milliy terma jamoasida uzoq yillar birga harakat qilgan. Jumladan, ular 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Xayrlashuv uchrashuvida Serxio Aguero, Martin Palermo, Janluiji Buffon, Rio Ferdinand va Leandro Paredes kabi mashhur futbolchilarning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Qizig‘i, Teves sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni ham ushbu tadbirda ko‘rishni istamoqda. U «Manchester Yunayted»da birga to‘p surgan portugaliyalik yulduzni shaxsan taklif qilish niyatida ekanini bildirgan. Biroq Ronalduning ishtiroki hali tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Karlos Teves 2022 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 06:50 27.11.2026. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik