Argentina terma jamoasi himoyachisi Markos Roxo Nigeriyaga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limidan oldin Messi nima deganini aytdi.
“U bizni tinchlantirdi va olg‘a yurishda davom etishimizni uqtirdi. Biz ancha asabiy edik, ammo Messining so‘zi xotirjam tortishimizga imkon berdi va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. U bu biz uchun hayot-mamot o‘yini ekanligini ta’kidladi. Hammasi biz uchun yomon tugashi mumkin edi. Ehtimol, biz bunga ko‘nikardik ham, ammo Messi ko‘nmasdi, u juda qaysar”, dedi Roxo.