«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining boyligi bir milliard dollardan oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Futbolchi kapitalining salmoqli qismini shartnomalar, mukofot pullari va reklama bitimlari orqali ishlab topgan. 2007 yildan buyon argentinalik futbolchining ish haqi va bonuslardan olgan daromadlari 700 million dollardan oshgan. Ta’kidlanishicha, Messi boyligining o‘sishiga AQShga ko‘chib o‘tishi jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Hujumchi nafaqat «Inter Mayami»dagi o‘yinlari uchun, balki teleko‘rsatuv huquqlari, investisiyalar va biznes loyihalaridan ham daromad olmoqda.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi milliarder futbolchilar qatoriga kirdi. Avvalroq Krishtianu Ronaldu ham Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga o‘tganidan so‘ng shunday marraga erishgan edi.