Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Messi «Barselona»da qolishi mumkin

Messi «Barselona»da qolishi mumkin

Yozda «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetadigan Lionel Messining klubdagi keyingi taqdiri hali hamon mavhumligicha qolmoqda, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning yozishicha, argentinalik futbolchi qaysi klubda to‘p surish borasida hali bir qarorga kelmagan. Nashrning Kataloniya klubidagi manbasiga ko‘ra, Messi «Barsa»da qolish fikriga avvalgidan ko‘ra ijobiyroq yondoshmoqda. Futbolchining vakillari ham Lionelning yozda klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligini rad etishmayapti.

33 yoshli forvard Jozep Bartomeu «Barsa» prezidenti bo‘lgan vaqtda klubdan ketish haqida qat’iy qarorga kelgandi, hozirga kelib esa vaziyat ancha yumshagan. Messi klub prezidentligi uchun o‘tadigan 7 mart kungi saylovlardan keyin yangi rahbariyat bilan yangi shartnoma masalasini gaplashib, keyin bir qarorga kelmoqchi. 

Qayd etilishicha, Messining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar futbolchiga yoqmayapti. Ayniqsa, «PSJ» klubining Messi transferi atrofidagi gap-so‘zlarga sababchi bo‘layotgani Lionelning jahlini chiqargan.

Avvalroq, Messi yozda erkin agent sifatida «Manchester Siti» yoki «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 07:15 01.03.2021. O'qildi: 2402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!