Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi Argentina quyi divizioni o‘yinini stadiondan kuzatdi

Messi Argentina quyi divizioni o‘yinini stadiondan kuzatdi

Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi JCH-2026dan qaytganidan so‘ng vatanida ilk bor jamoatchilik oldida ko‘rinish berdi, xabar beradi Ole.

39 yoshli futbolchi quyi divizion vakili — «Leonesa» hamda «Sentral Kordova» (0:2) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyurdi. Bahs «Antonio Di Jakomo» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Messi Argentinaga 21 iyul kuni ertalab uchib kelgan edi. O‘shandan beri u omma oldida ko‘rinmagandi. Futbolchi sport kiyimida, kapyushonini kiyib olgan holda o‘yin voqealarini diqqat bilan kuzatib bordi.

Argentina Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan (qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1) JCH-2026 finalidan so‘ng Messi boshqa milliy terma jamoada o‘ynamasligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Musobaqadagi 8 ta o‘yinda u o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 12:11. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!