BSW partiyasi yetakchisi Sara Vagenknext Germaniya kansleri Fridrix Mersni yangi byudjet siyosati uchun keskin tanqid qildi.
Uning fikricha, Mers tarixda Germaniyani tanazzulga olib kelgan “yolg‘onchi kansler” sifatida qolishi mumkin. Vagenknext 2027 yilgi byudjetni mamlakat kelajagiga jiddiy zarba deb baholadi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, hujjatda harbiy xarajatlarni keskin oshirish va qarz miqdorini 200 milliard yevroga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
U shuningdek, saylovlar oldidan Mers yangi qarzlarsiz muammolarni hal qilishga va’da berganini eslatib, amalda bu va’dalar bajarilmaganini qayd etdi.