Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mers: "Germaniya yaqin kelajakda Falastin davlatini tan olmaydi"

Mers: "Germaniya yaqin kelajakda Falastin davlatini tan olmaydi"

Germaniya, ayrim yevropalik hamkorlaridan farqli o‘laroq, yaqin kelajakda Falastin davlatchiligini tan olmoqchi emas.

Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Germaniya hukumati rahbari birinchi navbatda tinchlik rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

"Oxiri nima bo‘lishini bugun hech kim bilmaydi. Vaziyat shunday bo‘lgani uchun Germaniya hukumati boshqa Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Falastin davlatini muddatidan oldin tan olishdan bosh tortdi. Biz buni yaqin kelajakda tan olmaymiz", - dedi Merzs

Uning fikricha, Falastin davlatini yaratish uchun “sharoit” hali shakllanmagan.

Avvalroq Mers va Netanyaxu Quddusda kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 08:15 08.12.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!