Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Mening bog‘im” loyihasida 215 ta loyiha g‘olib deb topildi

“Mening bog‘im” loyihasida 215 ta loyiha g‘olib deb topildi

O‘zbekistonda ilk bor “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Tashabbuskorlar 10 iyundan 20 iyungacha “Ochiq byudjet” portalida yashil parklar va yashil jamoat parklarini tashkil qilishga oid takliflarini qoldirdi.

Takliflarni saralash 20 iyundan 23 iyungacha, ovoz berish 23 iyundan 3 iyulgacha o‘tkazildi. Takliflarga 53 mingdan ortiq ovoz berildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ovoz berish jarayoni yakunlari bo‘yicha 215 ta loyiha g‘olib deb topildi.

G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 17:27 08.07.2024. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!