Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Men o‘ldirdim!" Ota issiqda egizaklarining fojiali o‘limiga sababchi bo‘ldi

"Men o‘ldirdim!" Ota issiqda egizaklarining fojiali o‘limiga sababchi bo‘ldi

Roklend shahrida (Nyu-York, AQSh) bir yoshli egizaklar fojiali tarzda vafot etdi. "New York Post" nashriga ko‘ra, otasi ularni issiqda 8 soat mashinada qoldirib, qulflab ketgan.

Gazetalarning xabariga ko‘ra, 39 yoshli Xuan Rodriges o‘z farzandlarining o‘limida ayblanmoqda. Rodrigesning o‘zi esa polisiyaga o‘zi ishlaydigan kasalxonaga kelganida farzandlari Luna va Feniksni mashinada ekanliklarini bilmagan.

— Men bolalarimni bog‘chaga olib bordim, deb o‘ylagandim. Shuning uchun mashinani qulflab, ishxonamga bordim... Men o‘z bolalarimni o‘ldirdim, — deydi ota.

Shanba kuni Rodriges sud qilindi, u 100 ming dollar evaziga ozod etildi.

Kiritildi: 15:48 29.07.2019. O'qildi: 4556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!