Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Men sizni faqat o‘zimniki qilmoqchimasman

Men sizni faqat o‘zimniki qilmoqchimasman

Imom Buxoriy, Termiziy va boshqalar keltirgan rivoyatda Ummu Habiba roziyallohu anho deydilar:

«Ey Allohning Rasuli, singlim binti Abu Sufyonni o‘z nikohingizga oling», dedim.

«Sen shuni xohlaysanmi?» dedilar.

«Men sizni faqat o‘zimniki qilmoqchimasman. Yaxshilikda menga sherik bo‘ladigan eng mahbub kishi singlim», dedim.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, bu ish menga halol bo‘lmas», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, biz sizning Durra binti Abu Salamani nikohingizga olmoqchi ekaningiz haqida gaplashmoqdamiz», dedim.

«Ummu Salamaning qizinimi?» dedilar.

«Ha», dedim.

«Allohga qasamki, agar u mening qaramog‘imda bo‘lmaganida ham, menga halol bo‘lmas edi. U mening emikdosh birodarimning qizi. Men bilan Abu Salamani Suvayba emizgan. Menga qizlaringizni va singillaringizni taqdim qilmanglar», dedilar».

Bu hadisi sharifga izoh berishga hojat bo‘lmasa kerak. Ummu Habiba onamiz roziyallohu anhoning o‘zlari hamma narsani bayon qilib bermoqdalar.

Manba: islom. uz

Kiritildi: 06:15 16.01.2020. O'qildi: 4770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!