Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Melaniya Tramp “Yil vatanparvari” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Melaniya Tramp “Yil vatanparvari” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Mukofot unga ichki va tashqi siyosatdagi faol ishtiroki, jumladan “Take It Down Act” qonuni va sun’iy intellekt loyihalaridagi hissasi uchun berilgan.

AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi, birinchi xonim Melaniya Tramp Fox News telekanali tomonidan tashkil etilgan “Yil patrioti” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu mukofot unga Oq uyga qaytganidan so‘ng ichki va tashqi siyosatdagi faol ishtiroki, shuningdek, bir qator ijtimoiy tashabbuslari uchun berilgan.

Xususan, Melaniya Tramp “Take It Down Act” qonuni qabul qilinishida faol ishtirok etgan va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga hissa qo‘shgan. Shu bilan birga, federal byudjetdan homiylik ostida o‘sayotgan yoshlar uchun uy-joy ajratilishi bo‘yicha 25 million dollar mablag‘ ajratilishiga ko‘maklashgan.

Telekanal birinchi xonimning tashqi siyosatdagi tashabbuslarini ham alohida ta’kidlagan: u ukrainalik va rossiyalik bolalarni oilalari bilan birlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlari bilan ajralib turadi.

Kiritildi: 12:45 08.11.2025. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!