Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Melaniya Tramp ham memuar yozmoqchi

A A A
Melaniya Tramp ham memuar yozmoqchi

AQShning amaldagi Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp birinchi xonim sifatida memuar yozish haqida o‘ylayotganini aytdi.

"Melaniya Oq uydagi hayoti haqida memuar yozmoqchi. Bu uning o‘zi uchun pul bo‘ladi - mustaqil pul ishlash imkoniyati. Shuningdek, bu ishni Donald Tramp ham qo‘llab-quvvatlaydi", deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Melaniya taqdim etadigan voqealar "katta pul olib kelishi mumkin", shuning uchun Tramp rafiqasini "kitob yozishga undaydi". 

"U kutganingizdek jimgina ketmaydi", deb qo‘shimcha qildi manba.

Eslatib o‘tamiz, AQShning amaldagi prezidentining rafiqasi, 50 yoshli Melaniya Tramp saylov natijalari e’lon qilingandan so‘ng ajrashish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishini aytgan..

Kiritildi: 17:25 29.11.2020. O'qildi: 2569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik