Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Melaniya Tramp erining nikohdan tashqari munosabatlari uni tashvishlantirmasligini aytdi

Melaniya Tramp erining nikohdan tashqari munosabatlari uni tashvishlantirmasligini aytdi

AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp OAVdagi uning erining nikohdan tashqari munosabatlari haqidagi xabarlar uni tashvishlantirmasligini aytdi. Melaniyaning ishonch bilan aytishicha, bular shunchaki mish-mishlar va spekulyasiya hisoblanadi. Bu haqda EADaily xabar berdi.

AQSh prezidentining 48 yoshli rafiqasi ko‘plab Amerika OAVlaridagi turmush o‘rtog‘ining boshqa ayollar bilan munosbatlari haqidagi xabarlarga izoh berdi. «Men tashvishlanmayman va bunga e’tibor qaratmayman. Menda ona va birinchi xonim sifatida fikrlash va aniq ishlar uchun boshqa muhimroq sabablar bor. Odamlarga va OAVlarga bizning nikohimiz haqida turli gaplarni tarqatish yoqishini bilaman», — deb ta’kidlagan Melaniya Tramp.

Birinchi xonimning aytishicha, bunday xabarlarni eshitish har doim ham yoqimli emas. Biroq u nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri, nima haqiqat va nima yolg‘on ekanligini tasavvur qila oladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 13:20 13.10.2018. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!