Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Meksikada yangi prezident tanlanmoqda

A A A
Meksikada yangi prezident tanlanmoqda

1 iyulda Meksikada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Meksikaliklar 2018 yil dekabrda lavozimiga kirishadigan yangi prezidentni 6 yillik muddatga saylashmoqda. Shuningdek, senatorlar, deputatlar, shaharlar merlari, munisipal deputatlar ham saylanadilar. 

Shu munosabat bilan mamlakatda 157 ming saylov uchastkasi faoliyat olib bormoqda. Ma’lum qilinishicha, mamlakatda 89,3 mln odam saylash huquqiga ega.  

Meksika prezidenti lavozimiga 4 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Ular: “Birgalikda tarixni yaratamiz” koalisiyasidan nomzod Andres Manuel Lopes Obrador, “Barchasi Meksika uchun” koalisiyasi nomzodi Xose Antonio Mid, “Meksika uchun fuqarolik fronti” koalisiyasi nomzodi Rikardo Anayya va mustaqil nomzod, Nuevo-Leon shtatining sobiq gubernatori Xayme Rodriges Kalderon.

Oxirgi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezident lavozimi uchun kurashda Lopes Obrador g‘alaba qilishga ko‘proq imkoniyatga ega. Bu uning uchinchi saylov kampaniyasi hisoblanadi.

Prezident saylovlari bir turdan iborat bo‘lib, eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi. Saylovlar borishini Meksika partiyalarining 2,7 mlnga yaqin vakili, 30 mingga yaqin mahalliy va 900 dan ko‘proq xorijiy kuzatuvchilar kuzatib boradi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:02 01.07.2018. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik