Meksikada qiziqarli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avtomobil boshqarib ketayotgan qiz devorga chizilgan 3D tunnel tasvirini haqiqiy o‘tish yo‘li deb o‘ylab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga kelib urildi.
Devorga mashhur Looney Tunes multfilmidagi sahna tasvirlangan bo‘lib, unda Koyot Yo‘lyugurni qo‘lga tushirish uchun soxta tunnel chizadi. Rasmning realistik ko‘rinishi haydovchini chalg‘itgan.
Oqibatda avtomobil devorga borib urilgan. Hodisa vaqtida haydovchi yengil tan jarohatlari olgani, avtomobil esa texnik shikastlangani xabar qilinmoqda.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, foydalanuvchilar tomonidan multfilmdagi mashhur sahnaning hayotda takrorlangani sifatida baholanmoqda.