Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksika prezidenti Nyu-Yorkda halok bo‘lgan yurtdoshlari haqida gapirdi

Meksika prezidenti Nyu-Yorkda halok bo‘lgan yurtdoshlari haqida gapirdi

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Nyu-Yorkda Meksika kemasi Bruklin ko‘prigi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Biz Escuela Cuauhtémoc kemasi ekipajining ikki a’zosi Nyu-York portida baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz," - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Sheynbaumning ta’kidlashicha, hozirda harbiy-dengiz kuchlari mahalliy hokimiyat ko‘magida yaradorlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Kecha kechqurun bortida 277 yo‘lovchi bo‘lgan Meksika yelkanli kemasi Bruklin ko‘prigiga borib urilgan edi.

Nyu-York meri Erik Adamsning ma’lum qilishicha, 19 kishi jarohatlangan, ulardan 4 nafari og‘ir ahvolda.

Kiritildi: 16:56 18.05.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!