Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikka oid yangi norma kiritilmoqda

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikka oid yangi norma kiritilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir qator qonun loyihalari ikkinchi o‘qishda ma’qullandi.

Deputatlar Jinoyat-prosessual kodeks va “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi loyihani muhokama qildi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishi sudga faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga kiritilishi taklif etilmoqda.

Shuningdek, himoyachiga dastlabki tergov yoki surishtiruv yakunlanganidan keyin besh sutka ichida “himoya fikri”ni taqdim etish huquqi berilishi ko‘zda tutilgan. Unda ayblovga munosabat, dalillar, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, sudga chaqirilishi so‘ralayotgan shaxslar va boshqa fikrlar aks ettirilishi mumkin.

Majlisda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yana bir qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. U bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, yakuniy iste’mol muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni bunday ma’lumotlarsiz realizasiya qilish yoki sotish uchun qabul qilganlik bo‘yicha jarimalarni oshirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, deputatlar Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini moddama-modda ko‘rib chiqmoqda. Loyiha Xalqaro mehnat tashkilotining 111-sonli konvensiyasi normalarini milliy qonunchilikka joriy etishga qaratilgan.

Unga ko‘ra, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish belgilari qatori “terisining rangi” va “siyosiy qarashlar” tushunchalari bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek, Mehnat kodeksiga ish joylarida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘ymaslikka oid yangi norma kiritish taklif etilmoqda.

Kiritildi: 14:55 07.07.2026. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!