Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mehmonning fazilatini bilasizmi?

Mehmonning fazilatini bilasizmi?

Yusuf alayhissalomning go‘zal ish-harakatlaridan biri, u zot hech qachon yolg‘iz taom yemas edilar, shuning uchun Alloh taolo u zotni Muhsin deb nomladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Qaysi bir mo‘minning xonadoniga mehmon kelsa, mezbon mehmonga kulib boqsa, uning ko‘zlariga do‘zoh o‘ti harom qilinadi”.

Ibrohim alayhissalom kunduzi taom yemoqchi bo‘lsalar, bir yoki ikki mil yurib bo‘lsa ham, birga ovqatlanish uchun bir mehmon axtarar edilar.

Kimki mehmonni ikrom qilmasa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlaridan emas va Ibrohim alayhissalom millatidan ham emas. Kimki Alloh taolo rizosi uchun mehmonga taom bersa, onasidan yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘ladi.

Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhu shunday dedilar: Uyimga mehmon keldi, uyda toza suv va qattiq nondan boshqa hech narsa yo‘q edi. Mehmonga borimni qo‘ydim, keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mehmonning fazilati haqida so‘radim. Shunda ul zot menga dedilarki: “Etti qavat osmon farishtalari yig‘ilsalar ham, buning tavsifini keltira olmaydilar. Kim Allohning sevikli bandalaridan bo‘lishni xohlasa, mehmoni bilan birga taom yesin”.

Bir kishi: “Buning (mehmonni ikrom qilishning)savobi nima, yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam?”- deb so‘radi. “Buning savobi bir yil nafl ro‘za tutgan, Baytullohni haj va umra qilgan, Alloh yo‘lida dushman bilan jang qilgan kishining savobichadir”.

“Kimki mehmonning go‘zal qadam tovushlarini eshitib, xursand bo‘lsa, unga shahidlarning savobi beriladi va toki jannatdagi joyini ko‘rmagunicha dunyodan chiqmaydi”.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga aytildi: “Bu dunyoda siz sevgan narsa nima?”. “Mehmonga taom berish, dushmanga qilich urish(do‘shmandan murod nafsga qarshi ko‘rashni e’tiborga olganlar), yoz kunlarida ro‘za tutish”, – dedilar.

Osim ibn Hamza roziyallohu anhu dedilar: “Ali ibn Abu Tolibning roziyallohu anhuning huzurlariga kirdim, u zotni g‘amgin holda ko‘rdim va: “Alloh taolo sizga g‘am- tashvishni ko‘rsatmasin!” – dedim. Shunda u zoti sharif: “Etti kundan beri mehmon uyimga kelmayapdi, shu tufayli Robbim meni xor qilmasa deb qo‘rqaman!” – dedilar…

Kiritildi: 09:05 05.07.2020. O'qildi: 2990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!