Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Megan Marklning sobiq eri ham uylandi. Kimga deysizmi? (foto)

A A A
Megan Marklning sobiq eri ham uylandi. Kimga deysizmi? (foto)

May oyida Megan Markl qirol oilasining bir qismi bo‘lib, shahzoda Garri bilan turmush qurdi. 37 yoshli gersoginya uchun bu nikoh ikkinchi bo‘ldi. 2004 yilda aktrisa kinorejissyor Trevor Engelson bilan uchrasha boshlagan, 2011 yilda ular turmush qurishgandi, ammo nikoh ikki yil o‘tib Marklning tashabbusi bilan bekor qilingandi.

Iyun oyida bo‘lsa Meganning sobiq eri Treysi Kurland bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi, ular 2017 yilda uchrashishgan. Treysi boyligi 200 million dollarga baholanadigan bankir Stenford Kerlendning qizi.

Yaqinda bu juftlik ham turmush qurishdi. Janubiy Kaliforniyadagi xususiy uyda o‘tkazilgan marosim juda kamtar bo‘ldi. Juftlik tadbirga oila va yaqin do‘stlarini taklif qilishdi.

 

Kiritildi: 11:36 12.10.2018. O'qildi: 2038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!