Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MDH mamlakatlari reytingi: Tojikiston O‘zbekistonni ortda qoldirdi

MDH mamlakatlari reytingi: Tojikiston O‘zbekistonni ortda qoldirdi

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida 2019 yilning yanvar—may oylarida sanoat ishlab chiqarishi hajmi 2,5 foizga ko‘paydi. Buni MDH Statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan bilib olish mumkin.

"Xabar.uz"ning yozishicha, Hamdo‘stlik mamlakatlarida yil boshidan beri iste’mol narxlari 3,1 foizga, sanoat mahsulotlari narxi 2,2 foizga qimmatlagan. MDH mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi o‘rtacha 1,1 foizga o‘sgan.

YAIMning eng yuqori o‘sishi Tojikistonda kuzatildi — 7,5 foiz (2019 yil yanvar—mart — 2018 yilning yanvar—martiga nisbatan).

Shuningdek, Armaniston (7,1 foiz) va Turkmaniston (6,2 foiz)da yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati yuqori.

O‘zbekistonda shu davrda YAIM o‘sishi 5,3 foizni tashkil etdi.

Yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati eng past mamlakatlar: Rossiya — 0,5 foiz, Belarus — 1 foiz va Ozarbayjon — 2,2 foiz.

MDH mamlakatlarida to‘lanadigan ish haqlari solishtirilganda esa butunlay boshqacha manzara: 2019 yil may oyi holatiga MDHda eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Tojikistonda ($145), eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Rossiyada ($730) to‘lanmoqda.

Kiritildi: 12:08 16.07.2019. O'qildi: 5690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!