Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Mbappening tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi

Mbappening tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi

Kilian Mbappe «Real» safida «Benfika»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi. Madrid klubi hujumchining muammoli tizzasi to‘liq tiklanishi uchun unga vaqt berishga qaror qildi.

«The Touchline» nashrining «COPE» efiriga tayanib xabar berishicha, Mbappe maksimal 14 kunga safdan chiqqan. Bu «Real» va uning muxlislari uchun ijobiy yangilikdir.

Aytilishicha, fransuz futbolchisi Chempionlar ligasining 1/8 finalida o‘ynashga tayyor bo‘ladi. Ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 10 va 11 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Kilian Mbappe 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda fransiyalik forvard 38 ta gol urdi va jamoadoshlariga oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real» o‘zining navbatdagi uchrashuvini 2 mart kuni La Liga doirasida «Xetafe»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 19:25. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!