Ispaniya La Ligasida 2026-yil holatiga ko‘ra eng katta maosh olayotgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi.
Kalshi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatning birinchi pog‘onasini «Real» yulduzlari Kilian Mbappe va Vinisius Junior bo‘lishib turibdi. Har ikki futbolchining haftalik maoshi 513 273 yevroni tashkil etadi.
Ulardan keyingi uch o‘rinda ham bir xil ko‘rsatkich qayd etilgan. «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem, «Barselona» vingeri Lamin Yamal va «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak haftasiga 342 127 yevrodan maosh oladi.
Kuchli o‘nlik quyidagicha:
1. Kilian Mbappe — €513 273
2. Vinisius Junior — €513 273
3. Jud Bellingem — €342 127
4. Lamin Yamal — €342 127
5. Yan Oblak — €342 127
6. Rodri — €329 300
7. Niko Uilyams — €282 341
8. Federiko Valverde — €273 800
9. Rafinya — €273 800
10. Rodrigo — €273 800
Reytingda «Real» futbolchilari soni jihatidan ustunlik qilmoqda. Kuchli o‘nlikdan Mbappe, Vinisius, Bellingem, Valverde va Rodrigo — jami besh nafar madridlik futbolchi joy olgan.
«Barselona»dan Lamin Yamal va Rafinya ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, «Atletiko» posboni Yan Oblak va «Atletik» vingeri Niko Uilyams ham kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan.
E’tiborlisi, reytingda Mbappe va Vinisiusning ko‘rsatkichi qolgan futbolchilarnikidan sezilarli darajada yuqori. Ularning haftalik 513 ming yevrodan ortiq maoshi yillik hisobda qariyb 26,7 mln yevroga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlar futbolchilarning haftalik maoshiga oid bo‘lib, bonuslar va boshqa tijoriy daromadlarni o‘z ichiga olmasligi mumkin.