Joze Mourinyo «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishga yaqin turibdi. Jurnalist Ignasio Sanchesning ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning futbolchilar jahon chempionatiga jo‘nab ketishidan oldingi birinchi vazifasi Kilian Mbappe va Jud Bellingem o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish bo‘ladi.
U ikkala futbolchini ham uchrashuvga chaqiradi va ular o‘zaro yarashib olishlari shart bo‘ladi. Mourinyo ularning hech biridan rad javobini qabul qilmaydi.
Joriy mavsumda Kilian Mbappe «Real» safinda barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jud Bellingem esa madridliklar tarkibida ushbu mavsumda 39 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.