Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Mbappe "PSJ"dan pul undirmoqchi

Mbappe "PSJ"dan pul undirmoqchi

Kilian Mbappe 7 yildan so‘ng "PSJ"ni tark etdi.

Yoz boshida "Real" Mbappe bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Ko‘rinishidan, yulduz forvard va "PSJ" o‘rtasidagi munosabatlar hali yakuniga yetmagan.

Matbuotda Kilian Liga 1 gigantidan taxminan 100 million yevro talab qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Gap ish haqi va mukofotlar bo‘yicha qarzlar haqida bormoqda. "PSJ"ga yaqin manba Info Blast nashri vaziyat haqida shunday izoh berdi:

"Mbappe moliyaviy talablardan voz kechishga va’da berdi, bu esa klubga to‘lovlarni ushlab qolishga imkon beradi", – deyiladi manbada.

Kiritildi: 11:19 26.06.2024. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!