Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Mbappe JChlarda gol urish bo‘yicha Messini ortda qoldirdi

Mbappe JChlarda gol urish bo‘yicha Messini ortda qoldirdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 «I» guruhi 1-turidan o‘rin olgan Senegalga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etib, jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo‘yicha Argentina terma jamoasi a’zosi Lionel Messidan o‘zib ketdi.

Mbappe uchrashuvning 66 va 90+6-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 14 taga yetkazdi. Buning uchun unga 15 ta o‘yin kifoya qildi. Messi hisobida esa 26 ta uchrashuvda kiritilgan 13 ta gol mavjud.

«I» guruhining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to‘qnash keladi.

Kiritildi: 08:31 17.06.2026. O'qildi: 1598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!