Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe — Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Mbappe — Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu voqea JCH-2026 «I» guruhi 1-turidan o‘rin olgan, fransuzlar Senegal ustidan g‘alaba qozongan (3:1) uchrashuvda yuz berdi.

Mbappe terma jamoa safidagi 99-uchrashuvida o‘zining 57 va 58-gollarini kiritdi. U uchrashuvning 66 va 90+6-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Olivye Jiru hisobida esa milliy terma jamoa safida o‘tkazilgan 137 ta o‘yinda 57 ta gol mavjud.

«I» guruhining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to‘qnash keladi.

Kiritildi: 08:01 17.06.2026. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!