Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Mbappe Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga bir qadam qoldi

Mbappe Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga bir qadam qoldi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urdi. «Real Madrid» forvardi bahsning 32-daqiqasida hisobni ochdi.

Bu Mbappe uchun milliy terma jamoa libosidagi 95-o‘yinda kiritilgan 56-gol bo‘ldi. Endi unga Olivye Jiruning rekordini takrorlash uchun bor-yo‘g‘i bitta gol qoldi. Hozirda «Lill» hujumchisi Jiru hisobida 137 ta o‘yinda urilgan 57 ta gol mavjud. To‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni Tyerri Anri egallab turibdi — 123 ta o‘yinda 51 ta gol.

Fransiya terma jamoasi o‘zining navbatdagi uchrashuvini 29 mart kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!