Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappe bu borada yaqqol peshqadam. U Xolandni 77 ta golga ortda qoldirmoqda

Mbappe bu borada yaqqol peshqadam. U Xolandni 77 ta golga ortda qoldirmoqda

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Yevropada faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida gollar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

27 yoshli fransuz futbolchisi klub va milliy jamoadagi faoliyati davomida jami 438 ta gol urgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti» forvardi Erling Xoland hisoblanadi — norvegiyalik hujumchi hisobida 361 ta gol bor. Ushbu ko‘rsatkichlar Opta ma’lumotlariga asoslangan statistikada ham qayd etilgan.

Reytingning keyingi o‘rinlaridan «Inter» sardori Lautaro Martines — 242 ta, Viktor Dyokeresh — 216 ta va Viktor Osimxen — 212 ta gol bilan joy olgan.

Mbappe 2026/27 yilgi mavsumni ham sermahsul boshladi: «Real» safida La Liganing dastlabki ikki o‘yinida 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 18:33 30.08.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!