Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappe «Barselona»ga qarshi o‘ynaydimi? Arbeloa javob berdi

Mbappe «Barselona»ga qarshi o‘ynaydimi? Arbeloa javob berdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening holati haqida ma’lumot berdi. Fransiyalik hujumchi La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi kechgan yakshanba kungi bahsni jarohati sababli o‘tkazib yubordi. Uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Navbatdagi turda, 10 may kuni madridliklar «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

«Kilianning "El Klasiko"gacha tiklanishga ulgurishini kuzatamiz. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning sog‘ayishi uchun biroz ko‘proq vaqt talab etiladigandek ko‘rinmoqda, ammo vaziyatga qaraymiz», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi «Madrid Zone».

Agar «ko‘k-anorranglilar» «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bahsda «Real»ga mag‘lub bo‘lishmasa, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishadi.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!