Hujumchi Kilian Mbappe "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Juan Jezus xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchining vakillari yangi shartnoma masalasini muhokama qilish uchun mavsum boshlanishi oldidan "Real" bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Madrid klubida bunday uchrashuvlarning kechiktirilishi tasodif emasligini yaxshi tushunishmoqda.
"Real" prezidenti Florentino Peres Mbappeni o‘z loyihasining markaziy figurasi deb hisoblaydi va hujumchining jamoani tark etishi variantini ko‘rib chiqmayapti.
Biroq klubning pozisiyasi aniq: agar Kilian 2027 yil yozida yangi shartnoma imzolamasa, uni transferga qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Chunki 2028 yilga kelib Mbappening "Real" bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoladi. Bunday vaziyatda Madrid klubi futbolchini keyinchalik tekinga yo‘qotib qo‘yish xavfiga duch kelishi mumkin.