Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Maykl Jeksonning albomidan “soxta” qo‘shiqlar topildi

A A A
Maykl Jeksonning albomidan “soxta” qo‘shiqlar topildi
Maykl Jekson 2009 yil 25 iyunda vafot etgandan so‘ng, 2010 yil uning o‘limidan keyingi birinchi “Maykl” nomli musiqiy albomi sotuvga chiqarilgan edi.
 
Maykl Jeksonning muxlisi va Jekson oilasining vakili albomda soxta musiqalar borligini aniqladi va Sony Music hamda The Jackson Estate  kompaniyalarini sudga berdi.  
 
Shu yilning 23 avgust kuni bu kompaniyalar ustidan tushgan shikoyat bo‘yicha navbatdagi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ular avvaliga bu qo‘shiqlar 2007 yil Jekson tomonidan yozilgan, deya ommani aldab keldilar.  Sudda kompaniyalar vakillari bu albomdagi 3 ta qo‘shiqni boshqa xonanda kuylaganini tan oldi. 
 
Albomdagi “Monster”, “Keep your head up”, va “Breaking news” kabi qo‘shiqlar Maykl Jeksonga tegishli emasligi aniq bo‘ldi.  
 
Sud hali hukm chiqarmadi. Ushbu ish yuzasidan Jeksonning muxlisi Vera Serova ilk bor 2014 yil sudga murojaat qilgan.
 
Manba: qalampir.com
 
 
Kiritildi: 18:40 25.08.2018. O'qildi: 1472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik