Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini aytdi

Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini aytdi

Tayson vegetaryanlik va tinimsiz mashg‘ulotlar sabab 45 kilogramm vazn tashlagan.

«Formaga qaytish juda qiyin bo‘ldi, biroq faqat bitta sabab tufayli: men 100 funt (45,4 kg) vazn tashlashga majbur bo‘ldim. Buni butun faoliyatim mobaynida qilib kelganman.

Bunga qanday erishdim? Birinchidan, veganga aylandim. Turmush o‘rtog‘im yugurish yo‘lakchasidan foydalanishni maslahat berdi. Avvaliga 15 daqiqadan boshladim, keyinchalik bu 2 soatga qadar davom etadigan bo‘ldi. Mashg‘ulot zaliga borishda davom etdim va o‘z diyetamni nazorat qildim», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi yil jangida durang qayd etildi.

Jang to‘liq sakkiz raund davom etdi. 54 yoshli Tayson asosiy e’tiborni kuchli zarbalar yo‘naltirishga qaratgan bo‘lsa, 51 yoshli Jons masofani saqlagan holda vaziyatni nazorat qilishga urindi.

Hakamlar uzoq bahslardan so‘ng durang natija qayd etilganini e’lon qildi.

 

Kiritildi: 15:51 29.11.2020. O'qildi: 3728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!