Telba
Bu Evander Holifild bilan bo‘lgan jangdan oldin ham malum edi. Taysonni yoshligida psixologlar maniakal-depressiv psixoz tashxisi bilan “mukofotlagan”. Bu haqida omma ilk bor birinchi rafiqasi, aktrisa Robin Givensdan bilib olgan.
Vegetarian
“Temir” Mayk ko‘proq shpinat barglari va selderey poyalarini istemol qiladi. Bunday qaltis parhez atletikachini qomatiga tasir ko‘rsatmay qolmagan – ikki yil ichida u 50 kilogramm vazn tashlagan. Hozirda u vegetarianlikka kattiq rioya qiladi.
Chaynalib gapiradigan
Mayk bolaligida gapirishni o‘ziga hos tarzi uchun laqabga ega bo‘lgan – “mo‘jizaviy bola”. Bundan tashqari, semiz bolani tengqurlari doimo hafa qilishgan, lekin Mayk ularga javob qaytarolmagan – jasorat yetishmaganligidan. Bir necha o‘n yillar ichida ko‘p narsa o‘zgardi. “Mo‘jizaviy bola” “temir bolaga” aylandi. Semiz odamdan mustahkam qad qomatli erkakga aylandi. Jasorat paydo bo‘ldi – bunga isbot tariqasida uchta xotin va “to‘da” jazmanlar. Lekin haligacha bolaligi bilan bog‘lab turgan hislatlaridan biri qolgan – gapirish tarzi.
Kabutarlar ishqibozi
Kabutarlarni boqish – Tayson hayotidagi asosiy hobbi. 10 yoshligida kaptar to‘dasi uchun 100 dollar sarflagan. Tasavvur qilish dahshat, lekin hozir uni qasr-qush uyasida ikki mingdan ortiq qushlari bor. Maykning bolalik paytida, ko‘z o‘ngida bezorilardan biri qushini boshini qayirgan. Tayson uyalib o‘tirmasdan uni shavqatsizlarcha kaltaklagan. Bruklindagi bezorilar guruhi kabutarlar ishqivozining qilig‘ini yahshi baholagan. Shu ondan boshlab bruklinlik bolalar Maykga ko‘cha jangi asoslarini o‘rgatgan.
Aqlan zaif
Ko‘cha bandasi bilan tanishuv boksning bo‘lajak yulduzi aqliy rivojlanishiga tasir qilmay qolmagan. U tengdoshlari – bezorilardan o‘rnak olib o‘qishni ochiqchasiga “tashlagan” va o‘qituvchilar tomonidan “aqlan zaif” toifasiga kiritilgan. Lekin yomonlik yahshiliksiz bo‘lmaydi. 13 yoshida, yoshlar uchun koloniyasiga tushib, o‘zining birinchi murabbiyi bo‘lmish Bobbi Styuart bilan tanishgan. Ziyrak boks murabbiysi u bilan shartnoma tuzgan. Kelishuv omadli bo‘ldi – Tayson nafaqat tirishqoqlik bilan mashq qilardi, balki o‘qishni ham yoqtirib qolgandi.
Sakkiz karra ota
Bunday boy nasl “temir” Maykda uchta xotin va bir nechta ayoldan tug‘ilgan. Bolalarining ismlari: Reyna, Amir, Damata Kilreyn, Mayki Lorna, Migel Leon, D`Amato (Kas D`Amato sharafiga), Milan, Morokko.
Yahudiy
Afrikalik bo‘lishidan tashqari, Taysonda yahudiylik ham bor. Bir necha yil avval u iudaizmni qabul qilmoqchi bo‘lgan. Muqaddas xatnani taniqli ravinlar Artur Shnayer va Shmuli Botich qilishlari kerak edi. Aytishlaricha, muolajani bajarishga o‘sha mashxur “quloqsiz” Evander Holifild oshiqqan. Lekin ohirgi laxzada Tayson bosh tortgan.
Tatu va ko‘z tegishidan saqlovchi buyumlar ishqibozi
O‘z tanasini sodda iyegroliflar bilan qoplaydigan futbolistlardan farqli o‘laroq, Tayson tatiurovkalari – totemlar va ko‘z tegishidan saqlovchilardir. Maui qabilasi tarzidagi naqshni u Lennoks Lyuisga boy bergan jangidan so‘ng qilgan. Maykni chap bilagida – uni ikkinchi hotining rasmi bor. O‘ng yelkasida – amerikalik tenischi Artur Esh, Days of Grace (Marhamat kunlari) yozuvi, chap bilagida ajdarho, yelkasida Mao Szedun, pastki qovurg‘asida Che Gevara tasviri mavjud.
Qo‘shiqchi va o‘yinchi
Kelajakda qaysi faoliyat turiga o‘zingizni bag‘ishlamoqchisiz, degan savolga javob berayotib, Tayson “men o‘yinga tushishni va qo‘shiq aytishni istayman. Raqsli musiqalarda qatnashishni hohlayman” deya javob beradi.
Keyingi yili aktyor bo‘lish orzusi borligini yashirib o‘tirmadi.
Namunali oilaparvar
Shubhasiz, yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar (rol o‘ynash yoqi raqsli musiqaga qatnashish) amalga oshadi. O‘tgan o‘n yilliklar ichida Tayson juda katta hajmdagi ish qildi, uchiga chiqqan urushqoq-bezoridan yaxshi yigitga aylangan. Hozir u rasman nafaqada va Las-Vegas shahriga tutashgan joyda yashamoqda. Bolalar, kabutarlar, marosimlar, sahovat, musiqalar – barchasi qo‘lidan keldi.
Asosiysi – orzuga ega bo‘lish va o‘ziga ishonish!
Manba: qalampir. com