9 oktyabr kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ukraina delegasiyasi tarkibidan Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari Kirill Budanov, Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Rustem Umerov hamda Oliy Radadagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya o‘rin oladi.
Bu haqda Axios nashri jurnalisti Barak Ravid o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
«Ukraina tomonidan Kirill Budanov, Rustem Umerov va David Araxamiya ishtirok etadi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, jurnalistning ma’lum qilishicha, AQSh uchrashuvga Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilarini, shuningdek, NATO va Yevropa Ittifoqi vakillarini ham taklif qilgan.