Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Maxfiy xizmat Trampni majlisdan olib ketdi. Nega?

Maxfiy xizmat Trampni majlisdan olib ketdi. Nega?

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy yaqinidagi otishma sababli matbuot anjumanini tark etdi, deb xabar beradi CNBC.

Telekanalning xabar berishicha, Tramp jurnalistlarga ma’ruza qilayotganida Maxfiy xizmat xodimlaridan biri yaqinlashgan va qulog‘iga nimanidir pichirlagan. Shundan so‘ng Tramp so‘zsiz zaldan chiqib ketgan va uning matbuot anjumanida bo‘lgan ma’muriyati xodimlari unga ergashganlar.

Bir necha daqiqadan so‘ng, Amerika rahbari qaytib keldi va jurnalistlarga Oq uy yonida otishma bo‘lganligini, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan zaldan olib chiqib ketishganini  aytdi. U shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumondorga qarata o‘t ochganini va uni yarador qilganini qo‘shimcha qildi. Tramp boshqa qurbonlar yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:44 11.08.2020. O'qildi: 4508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!