AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy yaqinidagi nazorat punktida sodir bo‘lgan otishmada jarohat olmadi.
Bu haqda Maxfiy xizmat o‘z bayonotida e’lon qildi.
Hodisa prezident, boshqa himoyalangan shaxslar yoki davom etayotgan xizmat operasiyalarining xavfsizligiga ta’sir qilmadi. Hodisa sodir bo‘lgan paytda Tramp Oq uy ichida bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli shaxs 17-ko‘cha va Pensilvaniya prospektining shimoli-g‘arbiy qismiga yaqinlashgan, keyin qurolini chiqarib, o‘q uzgan. Maxfiy xizmat xodimlari javoban o‘q uzib, hujumchini yaralagan.
Erkak kasalxonaga olib ketilgan, u yerda shifokorlar uning o‘lganini aytishgan. Otishmada bir guvoh ham yaralangan. Uning ahvoli noma’lum.
FQB agentlari voqea joyida. Tergov davom etmoqda.
New York Post gazetasining xabar berishicha, otishmani uyushtirgan shaxs 21 yoshli Nasir Best bo‘lgan.