Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Maxachev va Topuriya har bir jangi uchun qancha gonorar oladi?

Maxachev va Topuriya har bir jangi uchun qancha gonorar oladi?

Amerikalik taniqli MMA ustasi Kolbi Kovington UFC chempionlari – Islom Maxachev va Iliya Topuriyaning gonorarlari haqida gapirdi.

"Maxachev va Topuriya shu qadar katta gonorar oladiki, ular hech qachon UFC ga e’tiroz bildirishmaydi. Eshitishimcha, ikkisi ham har bir jangdan 5-10 million dollar ishlab topadi. Bu esa boksda to‘lanadigan raqamlarga juda yaqin", - dedi amerikalik taniqli bloger Rangesh Mutama bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, 14 iyun kuni Topuriya Oq Uyda Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Islom Maxachevning esa keyingi jangi hali aniq bo‘lmadi, biroq mish-mishlarga qaraganda, rossiyalik "UFC 329" turnirida Ian Garri bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Kiritildi: 22:34 18.03.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!