Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Mas’ud Pezeshkian Eron hukumatining mudofaa sohasidagi rejalarini ma’lum qildi

Mas’ud Pezeshkian Eron hukumatining mudofaa sohasidagi rejalarini ma’lum qildi

Eron hukumati mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

«Tasnim» agentligining xabar berishicha, bu haqda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian mamlakat armiyasi bosh qo‘mondoni Amir Hotamiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

«Hukumat qurolli kuchlarni bor kuchi bilan qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, harbiy texnikalarni modernizasiya qilish, tezkor infratuzilmani kengaytirish hamda tiyib turish salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik rejalarga ko‘mak beradi», — deb ta’kidladi Pezeshkian.

Kiritildi: Bugun 19:20. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!