Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Mast erkak onasini o‘ldirib qo‘ydi

Mast erkak onasini o‘ldirib qo‘ydi

Hindistonda mast erkak qari onasi tovuq pishirib bermagani uchun uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.
 
Hodisa kecha, 3 iyun kuni mamlakat janubidagi Andxra-Pradesh shtatining Badepuran qishlog‘ida yuz bergan. 45 yoshli qishloq shifokori Bejjam Kishore erta tongdan 80 yoshli onasi Bejjam Mariammaga tovuq olib kelib, undan pishirib berishini so‘ragan, o‘zi esa do‘konga ichimlik olishga chiqib ketgan.
 
Ko‘chadan ichib, mast holda qaytgan erkak taom tayyor emasligini ko‘rib, onasiga baqirgan va pichoq bilan zarba bergan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
 
Kishore jinoyat joyidan qochib ketgan. Shovqinni eshitgan qo‘shnilar polisiya chaqirgan. Hindistonlikka nisbatan jinoiy ish ochilgan, uni qidiruvga berishgan.

Kiritildi: 11:40 04.06.2018. O'qildi: 1762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!