Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Maskdan Tramga 45 million dollar yordam

Maskdan Tramga 45 million dollar yordam

Amerikalik milliarder Ilon Mask AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga saylovoldi kampaniyasi doirasida keng ko‘lamli moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Mask har oy 45 million dollar xayriya qilishga tayyor. Mablag‘lar America PAC tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Avvalroq Bloomberg Mask ushbu tashkilotga yashirincha katta miqdorda xayriya qilgani haqida xabar bergan edi.

America PAC Trampning saylov kampaniyasi bilan bevosita bog‘liq emas, lekin saylov targ‘iboti bilan shug‘ullanadi va ommaviy axborot vositalarida maxsus materiallarni joylashtiradi. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, America PAC, shuningdek, o‘zgaruvchan shtatlarda saylovchilarni ro‘yxatga oladi va ularni muddatidan oldin ovoz berishga ko‘ndiradi.

Bloomberg agentligigining qayd etishicha, Mask AQShning sobiq prezidentiga elektromobillar va kriptovalyutalar masalalari bo‘yicha maslahatlar ham berib turadi.

Kiritildi: 10:43 16.07.2024. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!