Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mashhur futbolchi yuragidan operasiya qilindi

Mashhur futbolchi yuragidan operasiya qilindi

Italiyaning “Napoli” klubi futbolchisi Skott Maktominey yuragida ablyasiya amaliyoti o‘tkazildi. Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jarrohlik muvaffaqiyatli yakunlangan.

Tibbiy ko‘riklar davomida shotlandiyalik futbolchida yurak urishida yengil ko‘rinishdagi yaxshi sifatli aritmiya aniqlangan edi. Shifokorlar tavsiyasiga binoan amalga oshirilgan operasiyadan so‘ng Maktominey kamida ikki hafta dam olishi kerak. Shu muddatdan keyin u mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.

Ablyasiya — yurakning me’yordan tashqari elektr ritmini to‘g‘rilashga qaratilgan tibbiy usul hisoblanadi.

29 yoshli Skott Maktominey “Napoli” safida 2024 yildan beri o‘ynaydi. U neapolliklar tarkibida 82 o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urgan. Jamoa bilan birga Italiya chempioni va Italiya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Bundan oldin, 2017–2024 yillarda Maktominey Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sharafini himoya qilgan. Ushbu jamoa bilan bir marta Angliya kubogi va bir marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Shotlandiya terma jamoasi tarkibida esa 73 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol muallifi bo‘lgan.

Kiritildi: 23:57 08.09.2026. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!