O‘tgan yilning iyul oyida Gruziyaning o‘rta vaznda kurashuvchi bokschisi Avtandil Xursidze jahon chempionligi uchun kurash olib borishi kerak edi. U Buyuk Britaniyada WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Billi Jou Sodersga qarshi ringga chiqishi mo‘ljallangan edi, deya xabar berdi “segodnya.ua”.
Biroq, bu kurash hech qachon o‘tkazilmaydiganga o‘xshaydi. Zero, ushbu tarixiy voqeadan bir oy oldin Nyu-York polisiyasi, FBI operativ xodimlari hamda Tashqi razvedka xizmati tomonidan Rossiya mafiyasi ishi bo‘yicha o‘tkazilgan reyd davomida razvedka xizmati a’zolari yollanma qotillik, mulkni talon-taroj qilish, noqonuniy qurollar sotish, yuklarni o‘g‘irlash, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etilganlikda ayblab bokschini qo‘lga olgandi. Xabarlarga qaraganda, ushbu ish yuzasidan jami 33 kishi hibsga olingan.
Dushanba kuni Avtandil ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi, u hibsga olinganidan buyon qamoqda saqlanayotgandi. Agar 39 yoshli bokschining aybdorligi isbotlansa, u 40 yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.