Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mart oyi uchun kancha keshbek to‘lanadi?

Mart oyi uchun kancha keshbek to‘lanadi?

Joriy yilning mart oyida «Soliq» mobil ilovasi foydalanuvchilari tomonidan 86 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 2,2 mlndan ortiq iste’molchiga 57,8 mlrd so‘m keshbek to‘lashga tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Joriy yilning mart oyida mobil ilovada 68,3 mln dona chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu 2023 yil mart oyiga nisbatan 23,3 mlntaga ko‘p.

👉«Soliq» mobil ilovasida qaysi cheklarga va nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini oson bilib olish mumkin

❗️Iste’molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Kiritildi: 18:11 25.04.2024. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!