Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Marselda odamlarga qarata o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda

Marselda odamlarga qarata o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda

Fransiyaning Marsel shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda Le Parisien o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 30 avgust kuni yarim tundan ko‘p o‘tmay, ikki g‘ildirakli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi bar terrasasidagi odamlarga qarata o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Halok bo‘lgan shaxs 20 yoshda bo‘lgan.

18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan uch nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Yana bir jabrlanuvchi, taxminlarga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs, hodisa joyini tark etgan.

Hujumchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:29 30.08.2026. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!