Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Marsda uchta kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Marsda uchta kuchli zilzila sodir bo‘ldi

NASA’ning InSight apparati Marsda eng kuchli va uzoq davom etgan zilzilalardan birini qayd etdi. Tebranishlar davomiyligi 1,5 soatni, magnitudasi esa 4,2 ballni tashkil etgan. Bu haqda NASA’ning Reaktiv harakat laboratoriyasi saytiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Bu InSight zondi tomonidan so‘nggi vaqtlarda qayd etilgan uchinchi kuchli Mars silkinishi hisoblanadi. 25 avgust kuni seysmometr magnitudasi 4,2 va 4,1 bo‘lgan ikkita zilzilani qayd etgan, bu 2019 yilda «Qizil sayyora»da qayd etilgan zilziladan besh barobarga kuchli.

Bu kabi aniq natijalarga erishish uchun olimlar InSight’ning quyosh batareyalarini tozalash bo‘yicha ancha mehnat qilgan. Panellarga o‘tirib qolgan changni robotlashtirilgan manipulyator qo‘l yordamida tozalashga to‘g‘ri kelgan. Qurilma kuchli shamol mayda zarralarni uchirib yuborishiga umid qilib, panellardan biriga qumning katta zarralarini sepgan. Ushbu reja foyda bergan va seysmometr to‘liq quvvatda ishlab ketgan.

Marsdagi zilzila sayyoraning seysmik faolligi bo‘lib, sayyora yuzasida silkinish va tebranishlarni hosil qiladi. Yerdagi zilzilalardan farqli o‘laroq, mazkur tebranish kuchsizroq hisoblanadi, ammo Marsning ichki tuzilishi yaxshiroq tushunish uchun yetarlicha ma’lumot beradi.

Marsdagi zilzilaning Yernikidan jiddiy farqi — Marsdagi silkinishlar, taxminan, 30-50 kilometr chuqurlikda sodir bo‘ladi. Shu sababli InSight zondi kuchsiz seysmik faollikni qayd etadi.

Kiritildi: 18:36 24.09.2021. O'qildi: 2580 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!